Stikerdagi himoya qatlamini o'chiring
7900 qisqa raqamga SMS ko'rinishda (bepul) yoki CRAFTUZbot telegram botga yoki CRAFT.uz saytiga PIN kod yuboring
Tizimining javob kuting
CRAFT.UZ tizimi maxsulotning xaqiqiy yoki qalbakiligini tekshirib ko‘rish imkoniyatini beruvchi onlayn xizmatini taklif etadi.
Barchamizga yaxshi ma’lumki qalbakilashtirishdan maxsulot ishlab chiqaruvchilar xam, xaridorlar xam ziyon ko‘rishadi. Ishlab chiqaruvchilar olinadigan daromaddan, maxsulot bozoridan va bu maxsulotga bo‘lgan ishonchdan ayriladilar va buning natijasida maxsulot bozoridan maxrum bo‘ladi. Bu esa xaridorlarga faqatgina sifatsiz yoki qalbaki bo‘lgan maxsulotlardan tanlash imkoniyatigina qoldiradi xalos.
Biz xaridorlarga xarid qilingan maxsulot xaqiqiyligiga va uning qalbaki emasligiga ishonch xosil qilishiga imkoniyat beruvchi sodda xizmat turini taklif etamiz. Bundan tashqari bu xizmat turi ijtimoiy axamiyatga ham ega.
Xar bir maxsulot faqat ungagina tegishli bo‘lgan PIN kodga ega bo‘lgan stiker bilan belgilanadi. Ushbu PIN kod maxsus ximoya qatlami bilan ximoyalangan bo‘lib xaridor bu ximoya qatlamini o‘chirib tashlab tizim saytida bu kodni tekshirib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Tekshirish vaqtida tizim maxsulotning xaqiqiy (original) yoki qalbaki (kontrofakt) ekanligi xaqidagi ma’lumotni chiqarib beradi. Bordiyu tekshirish natijasiga ko‘ra maxsulot qalbaki bo‘lib chiqsa tizim buyumning qachon va qayerda xarid qilinganligi xaqida ma’lumot qoldirishni taklif etadi.
O‘z vaqtida bu ma’lumotlar qaysi turdagi maxsulotlar ko‘proq qalbakilashtirilishi, qachon va kim tomonidan sotilishini aniqlashda va chora ko‘rish uchun tegishli organlarga yetkazilishida katta yordam beradi.
Siz qalbaki maxsulot xarid qilgan bo‘lsangiz nima qilmog‘ingiz zarur?
Tizimda PIN kodni tekshirish natijasida kiritilgan kod tizimda ro‘yxatdan o‘tmaganligi yoxud sizdan avval xam bu kod tekshirish uchun tizimga kiritilganligi xaqida axborot olgan taqdirigngizda bilingki bu qalbaki maxsulot bo‘lishi mumkin. E’tibor bilan PIN kodni to‘g‘ri kiritganizga amin bo‘ling. Bordiyu kod to‘g‘ri terilgan bo‘lib maxsulot qalbaki bo‘lib chiqsa, u xolda:
1. Qalbaki maxsulotni xarid qilingan joyga qaytaring va pulingizni qaytarilishini talab qiling
Sotuvchiga maxsulotni qanday yo‘l bilan tekshirganingizni va tizimdan qanday javob olganinganini ma’lum qiling. Imkoniyat mavjud bo‘lgan xollarda tizimdan olingan javobni ko‘rsating.
Bordiyu sotuvchi pulingizni qaytarishdan bosh tortsa:
2. Da’vo arizasini yozib sotuvchiga jo‘nating
Sotuvchi pulingizni qaytarishdan bosh tortsa, yoki xarid vaqtidan buyon ma’lum vaqt o‘tib ketgan bo‘lsa, ikki nusxadagi yozma ko‘rinishdagi da’vo arizasini tuzing. Ulardan birini sotuvchiga berib ikkinchisini o‘zingizda qoldiring. Sotuvchidan sizda qolayotgan nusxaga uni qabul qilib olganlik xaqida belgi qo‘yib berishini iltimos qiling: sotuvchi ism-sharifi, uzining amali va qabul qilib olgan vaqtni ko‘rsatib imzo chekib berishi lozim bo‘ladi. Bordiyu sotuvchi da’voga imzo chekishdan bosh tortsa o‘zingizga tegishli nusxaga bu xaqida yozib sotuvchi manziliga buyurtmali xat qilib jo‘nating.
3. Sudga, O‘zdavraqobatqom va ichki ishlar organlariga murojaat qiling
Sotuvchi Sizning pochta orqali yuborgan da’voingizni olgandan keyin xam talabingizni qondirishdan bosh tortsa sudga murojat qilib xuquqlaringizni ximoya qilishingiz mumkin. Bundan tashqari sotuvchining noqonuniy xatti-xarakatlari xaqida quyidagi tashkilotlarga shikoyat qiling:
-mavjud bo‘lgan xolda sotuvchidan yuqori turuvchi tashkilotga
-O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, mnopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlvt qo‘mitasiga. Murojaat uchun manzil: O‘zbekiston respublikasi, Toshkent shaxri, 100003, O‘zbekiston shoxko‘chasi 55 uy. faks: + 998(71) 239-4784, ye-mail: fd@gki.uz
-ichki ishlar organlarining maxsulotlarni qalbakilashtirsh bilan kurash bo‘limlariga
-prokuraturaga
Bundan tashqari siz bizga o‘zingizning elektron manzilingizni yoxud telefon raqamingizni ko‘rsatgan xolda kim va qayerda sizga qalbaki maxsulot sotgani, xamda qaysi sabablarga ko‘ra pulingizni qaytarishdan bosh tortayatganligi xaqidagi ma’lumotni qoldirishingiz mumkin.